Sport | 07:37 / 13.06.2015
1244
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika Kubogining ikkinchi uchrashuvida Meksika va Boliviya durang o‘ynadi

12 iyun kunining ikkinchi yarmida Chilida o‘tayotgan 2015 yilgi Amerika Kubogining "A" guruhida ikkinchi o‘yin o‘tkazildi.

Meksika va Boliviya o‘rtasidagi bu o‘yinda hisob ochilmadi.

Endilikda, birinchi o‘yinda Ekvadorni 2:0 hisobida mag‘lub etgan Chili peshqadam bo‘lib turibdi. 

13 iyun oqshomida Urugvay va Yamayka o‘rtasidagi o‘yin orqali "V" guruhidagi bahslar boshlanadi.

Meksika – Boliviya 0:0

Meksika: Xose Korona – Aldrete, Xulio Dominges, Markes (Akino, 64), Ayala, Flores – Xesus Korona, Guemes, Medina (Montes, 81) – Vuoso, Errera (Raul Ximenes, 61)

Boliviya: Kinones – Leonel Morales, Senteno, Raldes, Urtado – Smedberg-Dalense, Bexarano, Chumasero, Pedriel (Bexarano, 85) – Kampos (Eskobar, 71), Moreno

Ogohlantirishlar: Flores – Bexarano, Eskobar


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish