Jamiyat | 10:41 / 13.06.2015
2715
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya aholisining keksayishi mamlakat iqtisodiyotini kuchsizlantiradi

Buyuk Britaniya byudjyet javobgarligi boshqarmasi (OBR) baholashicha, keyingi 50 yil ichida aholining keksayishi oqibatida mamlakatda davlat qarzi hajmi oshishi hamda mamlakat byudjyeti defitsiti kabi jiddiy muammolar boshlanadi.

Buyuk Britaniya byudjyet javobgarligi boshqarmasi 2065 yilgacha Britaniya iqtisodiyoti fiskal ko‘rsatkichlari rivojlanishining bir necha ssenariylari aks etgan hisobotni chop etdi. Asosiy ssenariy o‘z ichiga Tumanli Albion davlat moliyasi ahvolining sezilarli yomonlashishini o‘z ichiga oladi.

Hisobotda oxirgi 50 yil ichida Britaniya aholisi tuzilishi evolyutsiyasi ta'kidlab o‘tilgan hamda keyingi 50 yil ichida, xususan 85 yosh va undan katta odamlar sonining boshqa yosh toifalariga nisbatan qo‘shimcha ko‘payishi hisobga olingan holda ro‘y beradigan o‘zgarishlar prognoz qilindi. Aynan uzoq muddatli istiqbolda aholining keksayishi Buyuk Britaniya davlat moliyasining ahvoliga eng sezilarli ta'sir ko‘rsatadi.

OBR ning asosiy prognozi davlat xarajatlarining oshishini o‘z ichiga oladi. Byudjyet javobgarligi boshqarmasida ma'lum bosqichda sarf-xarajatlar Britaniya byudjyeti daromadlaridan sezilarli ravishda oshishni boshlashi aytilmoqda.

Ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, Britaniya iqtisodiyoti vaqti kelganda byudjyetning doimiy defitsiti: 2019–2020 yillardagi YaIMning 2,1 foiz profitsiti tomondan 2064-2065 yillardagi YaIMning 1,9 foizli byudjyet defitsiti tomonga suriladi. OBR da bu moliyaviy yomonlashishni Britaniya fiksal ko‘rsatkichlarida 76 mlrd funt sterlingga baholadilar. Tahlilchilarning fikricha, britan iqtisodiyotida byudjyet defitsiti paydo bo‘lishidan tashqari aholining qarishi ortida mamlakat sof davlat qarzi ko‘rsatkichi sezilarli ortadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish