Jamiyat | 15:55 / 13.06.2015
2866
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada sirkdan qochgan fil odam o‘ldirdi

Germaniyadagi sirklarning biridan qochib ketgan fil ko‘chadagi odamlardan biriga hujum qilib, uni bosib o‘ldirgan. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslanib, Die Welt nashri xabar bergan.

Qayd etilishicha, bu voqea ko‘chma sirk chodirlari joylashgan hudud yaqinida sodir bo‘lgan.

Filni ayni vaqtda qafasiga qaytarishgan.

Politsiya tekshiruv olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish