Jamiyat | 19:49 / 13.06.2015
2217
1 daqiqa o‘qiladi

Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik mehnat muhojiri qattiq shamol tufayli tomdan yiqilib tushdi

Rossiyaning Leningrad viloyati, Vsevolojskiy tumanida yuz bergan qattiq shamol tufayli qurilishi hududida ishlayotgan mehnat muhojirlaridan biri pastga qulab tushgan.

Yanino-1 nomli hududdagi 8 uyning tomini ta'mirlayotgan vaqtida falokatga uchragan bu shaxs 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan.

"Konkretno.ru" nashrida yozilishicha, beton bilan shug‘ullanuvchi firmada ishlovchi bu muhojir og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish