Jahon | 16:20 / 14.06.2015
3484
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 88 yoshini qarshiladi

13 iyun kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta ІІ o‘zining 88 yillik tavallud ayomini rasman nishonladi.
Britaniya qirollik oilasi Qirolicha tavallud kunining rasmiy nishonlanishi munosabati bilan paradda ishtirok etdi.
Har yili Bayroqni olib chiqish bayramida qirollik gvardiyasi, suvorilar va artilleriya Sent-Jyeyms saroyi yonidagi Kavalergard platsida parad uyushtiradi.


Qirollik oilasi vakillari – malika Keyt, shahzoda Garri va malika Kamilla bir ot aravaga, qirolicha esa turmush o‘rtog‘i bilan boshqa ot aravada maydonga kirib kelishdi. Shazhoda Uilyam, uning otasi shahzoda Charlz va malika Anna paradda qirollik polkovniklari sifatida otlarda o‘tirib ishtirok etishdi.
Qirolichaning ochiq faytonda chiqishini minglab odamlar tomosha qilishdi. Parad yakunlangandan keyin qirollik oilasi Bukingem saroyiga qaytdi va bu yerdagi bolxonadan Buyuk Britaniya Qirollik Harbiy-havo kuchlari samolyotlarining tantanali parvoz qilishilarini tomosha qildi.
Aslida qirolichaning haqiqiy tug‘ilgan kuni 21 aprelda nishonlanadi. Qadimiy ingliz odatiga ko‘ra, qirolicha o‘zining tug‘ilgan kunini bir yilda ikki marotaba nishonlaydi. Birinchisi bu Yelizavetaning asl tug‘ilgan kuni bo‘lib, u bu tantanani Vindzor saroyida oila davrasida nishonlaydi. Qirolichaning ikkinchi tug‘ilgan kuni esa yozning birinchi shanbalaridan birida nishonlanadi va bu gal bu ayom 13 iyunga to‘g‘ri keldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish