Texnologiya | 00:33 / 14.06.2015
1608
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook postlarni o‘qish uchun sarflangan vaqtlarni tahlil qilishga o‘rgatiladi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i lentada yangiliklarning sifatini yaxshilash uchun foydalanuvchilar xabarlarni (postlarni) o‘qish uchun sarflaydigan vaqtni hisobga olishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya dasturchilaridan biri Anshi Yuning blogida ma'lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ba'zida yangilik bilan bo‘lishishni istamaydilar va “menga yoqadi” belgisini qo‘ymaydilar, biroq postni o‘rganish uchun ma'lum vaqt sarflaydilar. Dasturchi foydalanuvchi har doim ham kontent bilan bo‘lishishni istamasligini, biroq shaxsiy lentani tuzishda hisobga olish mumkin bo‘lgan qiziqish namoyon qilishini aytmoqda.

Bundan tashqari, yangi funksiya cheklangan imkoniyatlarga ega bo‘ladi, chunki foydalanuvchi postni qiziquvchanlik nuqtai nazaridan o‘qishga 10 soniya sarflashi mumkin, biroq shu bilan birga sahifada uzoq qolib ketish internet-ulanish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish