Sport | 20:36 / 14.06.2015
1521
1 daqiqa o‘qiladi

Mourinyu “Chelsi” bilan 4 yillik shartnoma tuzadi

Londonning “Chelsi” futbol jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyu yaqin orada jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi. Portugaliyalik mutaxassisning londonliklar bilan yangi kelishuvi 4 yilga mo‘ljallanadi.
The Times nashrining xabar berishicha, 52 yoshli murabbiy soliqlardan keyin yiliga 7,25 mln funt sterling maosh oladi.
Mourinyuning yordamchilari ham “Chelsi” bilan yaxshilangan shartlarda yangi shartnomalar imzolaydilar.
Mourinyu 2013 yilning yozida «Chelsi»ga qaytib kelgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish