Jamiyat | 09:26 / 15.06.2015
2646
1 daqiqa o‘qiladi

“Yura davri olami” jahon bo‘ylab 511.8 mln dollar to‘pladi

Rejissyor Kolin Trevorrouning “Yura davri olami” kinofilmi bir hafta ichida jahon bo‘ylab 511.8 mln dollar to‘pladi. Bu bilan u o‘ziga xos rekord o‘rnatdi – bir hafta ichida 500 mln dollardan ortiq kassa qilgan birinchi film bo‘ldi.
The Hollywood Reporter nashrining xabar berishicha, kartina AQShda 204.6 mln, Xitoyda 100.8 mln, Fransiyada 12.5 mln, Germaniyada 11 mln, Rossiyada 9.4 mln dollar to‘plagan.
Bundan ilgarigi natija “Garri Potter va O‘lim Tuhfalari 2” filmiga tegishli edi – ushbu kartina bir hafta ichida 483.2 mln dollar kassa qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish