Sport | 16:58 / 15.06.2015
1572
1 daqiqa o‘qiladi

Allegri: Oskar Yevropa futbolida iz qoldiradigan futbolchi

"Yuventus" jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Chelsi" jamoasining braziliyalik yarimhimoyachisi Oskarga turinliklar jamoasi tomonidan qiziqish mavjudligini tasdiqladi.

"Menga Oskarning o‘yinlari juda yoqadi. U yevrofutbolda o‘z nomini muhrlaydigan futbolchilardan biridir. Menga shuningdek, Isko, Pastore, di Mariya va Toni Kroosning o‘yinlari ham ma'qul. Ular o‘tgan mavsumda YeChL turnirining eng yaxshilari bo‘lishdi", deydi Allegri.

Undan Manjukich haqidagi fikrlari so‘ralganida esa, "Yuventus"da unga ham talab borligini tan olgan.

"Ayni vaqtda transfer bozorida sanoqli yaxshi hujumchilar bor. Manjukich va Iguain shular jumlasidan. Manjukich hujumning ikkinchi tempida yaxshi harakat qiladi", deydi italiyalik mutaxassis.

"Agar Moratani 70-80 mln yevroga pullasak, yaxshi transferlar amalga oshira olamiz. Morataning narxi esa xuddi men aytganimdek", deydi Allegri Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish