Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:00 / 15.06.2015
2384
1 daqiqa o‘qiladi
Chad poytaxtidagi portlashlarda 27 kishi halok bo‘ldi
Chad poytaxti Njamenega hujum davomida 27 kishi, shu jumladan “Boko Xaram” terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilingan 4 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Chad hukumati vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Vakilning aytishicha, terrorchilik guruhi taktik xatoga yo‘l qo‘ydi va bartaraf etildi.
Avvalroq Nigeriyada nazorat-o‘tkazish punktida sodir etilgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani va bu hujum “Boko Xaram” jangarilari tomonidan uyushtirilgani ehtimoli borligi aytilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish