Sport | 08:34 / 15.06.2015
2740
2 daqiqa o‘qiladi

Faxriylar uchrashuvida "Manchester Yunayted" "Bavariya"dan ustun keldi

14 iyun kuni "Old Trafford" o‘yingohida "Manchester Yunayted" va "Bavariya" jamoalarining o‘tmishdagi yulduzlari ishtirokida ikkinchi xayriya uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘yinda inglizlar jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Manchesterliklar safida gollarga Saa, York, Koul va Blumkvist mualliflik qilishdi. Nemislar jamoasidan esa Tsikler hamda Tarnat gol urishdi.

O‘yinni 50 mingdan ortiq tomoshabin kuzatdi. Chiptalar va translyatsiyadan tushgan mablag‘lar "MYu" akademiyasida yosh futbolchilarning xarajatlari uchun yo‘naltiriladi.

Qayd etish joizki, bu ikki jamoa faxriylari ishtirokida o‘tgan yili ham xayriya uchrashuvi tashkil qilingan va o‘sha o‘yin 3:3 hisobi bilan yakunlangandi.


Manchester Yunayted – Bavariya 4:2
Gollar:
 Saa, 9, York, 39, Koul, 45, Blumkvist, 83 - Tsikler, 16, Tarnat, 43.

Manchester Yunayted: Van der Sar (Van der Gou, 61), F. Nevill (Birdsmor, 78), Yonsen (Martin, 61), Stam, Irvin (Silvestr, 31), Pak Chji Sun (Poborski, 46), Skoulz (Blekmor, 78), Forchun (Martin, 78), York (Tornli, 78), Saa (Blumkvist, 17), Koul (Ritchi, 67).

Bavariya: Butt, Jorjinyu (Tsimmermann, 69), van Byuyten, R. Kovach (Kroytser, 46), Pflyugler (Vitichek, 46), van Bommel (Gaudinyu, 46), Braytner (Tarnat, 20, M. Rummenigge, 61), N. Kovach (Shyupp, 46), Paulu Serjiu, Makay (Shtenkopf, 69), Tsikler.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish