O‘zbekiston | 15:20 / 15.06.2015
2250
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga chetdan olib kelinadigan attraksionlar 2018 yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

Madaniyat va istirohat bog‘larini moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, zamon andozalariga to‘liq javob beradigan attraksionlar bilan ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining  409-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.

Mazkur farmoyishga muvofiq, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilmaydigan va tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan chetdan olib kelinadigan zamonaviy attraksionlar, o‘yin qurilmalari hamda butlovchi buyumlar va materiallar 2018 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.

Endi bog‘larimizda zamonaviy attraksionlar, o‘yin qurilmalarining soni va sifati sezilarli darajada ortadi, deb yozadi Madaniyat va sport ishlari vazirligining matbuot xizmati.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish