Sport | 12:01 / 15.06.2015
1783
2 daqiqa o‘qiladi

"Real" va "Liverpul" faxriylari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida madridliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi

14 iyun kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" o‘yingohida "Real" va "Liverpul" klublari faxriylari o‘rtasida Corazón Classic Match nomi ostida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda madridliklar 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi. "Real" tarkibida Roberto Karlos dubl qayd etgan. E'tiborli tomoni, gollarning har ikkisi ham penaltidan kiritilgan.

O‘yinda Stiv MakManaman, Maykl Ouen va Fernando Morentes har ikki jamoada bir taymdan almashib harakat qilishgan.

O‘rtoqlik o‘yini
Real – Liverpul – 4:2 (1:2)
Gollar: 0:1 – Kyuell (18), 0:2 – Ouen (21), 1:2 – Roberto Karlos (43, penalti), 2:2 – Roberto Karlos (52, penalti), 3:2 – Amaviska (68), 4:2 – Ivan Peres (83).
«Liverpul»: Dudek, Maketir, Karrager, Kvarme, Xarkness, Makmanaman, Garsiya, Berger, Kyuell, Fauler, Ouen.
Zaxira: Vesterveld, Jons, Tompson, Shaver, Shmitser, Diao, Ansho, Rash, Partridj.
«Real»: Buyo, Salgado, Karlos, Sanchis, Zidan, Zeyedorf, Karambe, Sans, Solari, Makelele, Morentes.
Zaxira: Kontreras, Roxas, Kortes, Pavon, Sabido, Kongo, Butrageno, Peres, Velasko, Amaviska.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish