Sport | 17:36 / 15.06.2015
1600
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Maminov «Ximki» jamoasi bosh murabbiyligini tark etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Vladimir Maminov Moskva viloyatining «Ximki» jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

40 mutaxassis bilan shartnoma ikkala tomonning kelishuviga asosan bekor qilindi. Maminov bilan birgalikda «Ximki»ni yordamchi murabbiylar Dmitriy Gorkov va Yuriy Petuxov ham tark etishdi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, Vladimir Maminov 2014 yilning iyulida jamoa boshqaruviga kelgandi. Uning rahbarligida qizil-qoralar Rossiya 1-divizionida 4-o‘rinni egallashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish