Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Airbus odamlarni internet bilan ta'minlash uchun 900 sun'iy yo‘ldosh quradi
Yevropaning Airbus aviakonserni OneWeb Ltd xususiy kompaniyasi uchun yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini berish uchun safarbar qilinadigan 900 sun'iy yo‘ldoshni qurish va qayta tiklash niyatini oshkor qildi. Ular 2018 yildan boshlab samoga uchirila boshlaydi.
“OneWeb sun'iy yo‘ldoshlari katta miqdorda ishlab chiqariladi, har biri kamida 150 kg tosh bosadi. Butun tarmoq ishga tushirilganidan so‘ng tizim butun dunyoning qishloq hududlarini 10 terabit tezlikdagi internet bilan ta'minlay oladi”, – deyiladi kompaniyaning bayonotida.
Kompaniya asoschisi va rahbari Greg Uaylerning so‘zlariga qaraganda, loyihaning umumiy qiymati 1.5-2 mlrd dollarga baholanmoqda.
Yo‘ldoshlarning birinchi partiyasi – 10 dona – Airbus’ning ishlab chiqarish quvvatlari joylashgan Tuluzada ishlab chiqariladi. Keyinchalik ishlar AQShda davom etadi.