O‘zbekiston | 09:07 / 16.06.2015
3812
2 daqiqa o‘qiladi

Angrenda keramika zavodi quriladi

2015 yilning dekabrida National Ceramics O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi O‘zbekiston hududida sirli sopol-granit va sopol plitkalar ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Angren maxsus industrial zonasi ma'muriyati vakillari ma'lum qildi.

Loyihaning qiymati 21.1 mln dollarni tashkil qiladi. Korxonaning loyihaviy quvvati yiliga 4.5 mln m kvadrat mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Loyiha qo‘shma korxona muassislarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Italiyaning SACMI korxonasi bilan yangi ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar yetkazib berish borasida shartnoma imzolandi.

National Ceramics’ning hammuassislari Xitoyning Gulf Cable (90 foiz) va bir qator o‘zbekistonlik jismoniy shaxslardir (10 foiz). Bunga qadar korxona tomonidan Navoiy maxsus industrial zonasida Navoi Cable Connector korxonasini tashkil etgan bo‘lib, ayni kunlarda u alyuminiydan va alyuminiy qotishmasidan elektrotexnik simlar ishlab chiqarish bo‘yicha 5.95 mln dollarlik loyihani amalga oshirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish