Jahon | 21:45 / 16.06.2015
2437
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Mursiyga chiqarilgan hukmni “qonun ustidan chiqarilgan hukm” deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Misr sudining mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyni qatl etish bo‘yicha chiqargan qarorini tanqid ostiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Turk yetakchisining aytishicha, Mursiy va “Musulmon birodarlar” yetakchilariga chiqarilgan hukm “qonun va insonning bosh huquqlari ustidan chiqarilgan hukm” bo‘ldi.

“Biz xalqaro hamjamiyatni xunta yo‘rig‘i bo‘yicha chiqarilgan bu qatl hukmlarini orqaga qaytarib olish va Misr jamoatchiligi xavfsizligiga tahdid solayotgan bu yo‘lni tugatishda ko‘mak berishga chaqiramiz”, deb aytdi Erdo‘g‘an.

Avvalroq Mursiy va “Musulmon birodarlar” yetakchisi Muhammad Bodiyga uzil-kesil o‘lim jazosi chiqarilgani ma'lum qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish