Sport | 21:27 / 16.06.2015
1988
1 daqiqa o‘qiladi

Fabio Kapelloning iste'fosi yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello iste'foga chiqarildi, deb xabar bermoqda “R-Sport”.

“Tomonlar kelishib olishdi. Hozirda shartnomani muddatdan oldin buzganlik uchun to‘lanadigan tovon pulining hajmini qisqartirish ko‘rib chiqilmoqda”.

Hozirda bosh murabbiylik lavozimiga asosiy da'vogar sifatidan Leonid Slutskiy e'tirof etilmoqda.

Bundan tashqari, bosh murabbiylikka da'vogarlar orasida “Krasnodar” murabbiyi Oleg Kononov, shuningdek, Aleksandr Borodyuk va Valeriy Karpin ham bor. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish