Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya ShHT doirasida Xitoy bilan savdoni yengillashtiradigan shartnomalarni ma'qulladi
Rossiya Vazirlar Mahkamasi qonunchilik faoliyati bo‘yicha huquqiy komissiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar o‘rtasidagi xalqaro avtomobil yuk tashish amaliyotlarini yengillashtirish borasidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda mamlakat hukumatining sayti orqali ma'lum qilindi.
“Qonunning qabul qilinishi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlardagi avtomobilda yuk tashishga qo‘yilgan talablar va jarayonlarni yengillashtirish hamda o‘zaro uyg‘unlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, bu Rossiya avtotransport vositalarining Xitoy hududiga kirishi borasida mavjud to‘siqlarni bartaraf qiladi va, o‘z navbatida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasining ko‘payishiga olib keladi”, – deyiladi xabarnomada.