Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr quvvatini kunning ayrim vaqtlarida qo‘llashga chegirmalar taklif qilinadi
“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi elektr energiyasini avtomatik hisoblash va nazorat qilish tizimini joriy etishda davom etmoqda. “Ekonomicheskoye obozreniye” nashrida yozilishicha, ayni kunlarda yangi avlod hisoblagichlar ishlab chiqarish zavodini qurish bo‘yicha tenderga yakun yasalmoqda. Zavod Navoiy erkin industrial iqtisodiy zonasida joylashadi.
“Tizimning asosiy yangiligi tariflar diversifikatsiyasi bo‘ladi. Ma'lumki, elektr quvvati iste'mol qilish davrining ikki cho‘qqisi bor. Ular ertalabki va kechki soat 6-9ga to‘g‘ri keladi. O‘sha paytdagi yuklamaning kamaytirish uchun ayrim vaqtlarda elektr energiyasini qo‘llashga chegirmalar taklif qilinadi. Ya'ni iste'molchi agarda kir yuvish mashinasidan ertalab emas, tunda foydalansa, elektr uchun kamroq pul to‘laydi. Tarif chegirmalari kunning ayrim vaqtlarida ishlaydi”, – deyiladi materialda.
“Hozirlikda respublikada tizimning nomukammalligi bois aholida 2 mlrd kVt/soat va ishlab chiqarish korxonalarida 1 mlrd kVt/soat elektr quvvati hisobga olinmay qolib ketmoqda”, – ta'kidlaydi nashr.
Chora-tadbirlar dasturiga binoan, tizim 2020 yilga qadar mamlakatning butun hududini qamrab oladi. Toshkent shahrida jarayon 2016 yilda yakunlanadi.