Jamiyat | 19:47 / 17.06.2015
5995
1 daqiqa o‘qiladi

Friskening turmush o‘rtog‘i u bilan xayrlashuv marosimida qatnashmadi

Janna Friskening turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Dmitriy Shepelev marhuma qo‘shiqchi bilan xayrlashuv marosimiga kelmadi. Bu haqda "Moskovskiy komsomolets" nashri ma'lum qilgan.

O‘z navbatida, uning ota-onasi va singlisi bu marosimda ishtirok etgani aytilgan.

Marhuma bilan xayrlashuv marosimi Moskvadagi "Krokus Siti Xolle"da bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, mashhur rossiyalik qo‘shiqchi Janna Friske 16 iyunga o‘tar kechasi 41 yoshga to‘lish arafasida 1,5 yil davom etgan kasallikdan keyin vafot etdi.

U 18 iyun kuni Nikolo-Arxangelsk qabristoniga dafn etiladi.

Xabarlarga ko‘ra, bu vaqtda Shepelev Friskedan yodgor qolgan o‘g‘li Platonni olib, Bolgariyaga jo‘nab ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish