Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nestle Maggi lag‘monlarining 50 mln dollarlik zaxiralarini yo‘q qiladi
Shveytsariyaning Nestle kompaniyasi tez tayyorlanadigan Maggi lag‘monlarining 50 mln dollarlik zaxiralarini yo‘q qilish niyati borligini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, mahsulot tarkibida qo‘rg‘oshin moddasining me'yordan ortiq ekanligi tufayli Hindiston regulyatori mahsulotning bu partiyasini mamlakat hududida realizatsiya qilishga cheklov o‘rnatgan edi.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi departamenti (Food Safety and Standards Authority of India, FSSAI) kompaniyani oziq-ovqat xavfsizligi qoidalarini buzganlikda aybladi. Ko‘plab laboratoriya tekshiruvlari natijalari bu ayblovlarga zamin bo‘lib xizmat qilgan. Kompaniya ijrochi direktori Pol Byulke Hindiston hukumatiga murojaat qilib, laboratoriya tekshiruvlari natijalarini qayta ko‘rib chiqishni iltimos qildi.