O‘zbekiston | 17:51 / 17.06.2015
1873
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aviaxodimlarining salomatligi yanada jiddiy tekshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda "Telegraf.uz" nashri xabar berdi.

Endilikda aviaxodimlarning narkotik va psixotrop vositalar qabul qilish bo‘yicha tekshirish tibbiy ko‘rsatmalar asosida, aviatsiya hodisasi yuz berganida asoslangan shubha mavjudligida, shuningdek ishga qabul qilishda amalga oshiriladi. Statsionar ko‘rik 10 kun avval o‘tkazilishi (avval – 14 kungacha) va ma'lumotnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak.

Kichik tos organlarida tezkor davolash o‘tkazilganidan so‘ng, bezarar patologiyaga ega ayollar to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda parvoz (dispetcherlik) ishiga yaroqsiz deb topiladi. Professional vazifalarni bajarishga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan asoratlar mavjud bo‘lmagan holda, ishlashga ruxsat berilishi mumkin.

Ko‘z ichki bosimi I va III toifa tibbiy xulosalarga ega bo‘lgan ishchilarda 40 yoshga to‘lganida uch yilda bir marta, 55 yoshda esa – ikki yilda bir marta o‘lchanadi. II toifa tibbiy xulosasiga ega bo‘lganlar 40 va 50 yoshga kirganida bir martadan ko‘rikdan o‘tadi. Aviaxodimlarning anamnezida glaukomaga irsiy moyillikning aniqlanishi har yili ko‘z ichki bosimi o‘lchanishiga ko‘rsatma hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish