O‘zbekiston | 19:18 / 17.06.2015
9053
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Samarqand oralig‘ida harakatlanadigan 764/763 raqamli «Afrosiyob» poyezdining qatnovi bekor qilinadi

Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 764/763 raqamli «Afrosiyob» poyezdining qatnovi bekor qilinadi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaning xabar berishicha, poyezd qatnovi yo‘lovchilar oqimining kamayishi munosabati bilan 20 iyundan e'tiboran to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 764/763 raqamli «Afrosiyob» poyezdi joriy yilning 9 mayidan boshlab dam olish kunlari harakatlanishi yo‘lga qo‘yilgandi. Yangi reys Samarqanddan soat 10:40 da chiqib, Toshkentga soat 12:50 da yetib kelsa, Toshkentdan 13:50 da chiqib, Samarqandaga soat 15:58 da yetib borish belgilab qo‘yilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish