Sport | 11:29 / 18.06.2015
1147
1 daqiqa o‘qiladi

Benites Peresdan Ikardini "Real"ga olib kelishni so‘radi

"Real" jamoasi "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakat boshlashi mumkin.

Madridliklarning yangi bosh murabbiyi prezident Florentino Peresga bu 22 yoshli argentinalik hujumchini sotib olish bo‘yicha taklif bergan.

Eslatib o‘tamiz, Ikardi yakunlangan mavsumda 22ta gol bilan chempionat to‘purari bo‘ldi.

Sport Mediaset nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Benites Ikardini "MYu"dan ijaraga olingan Xaver Ernandes o‘rniga o‘ynatmoqchi.

O‘z navbatida Peresning o‘zi "Manchester Siti" futbolchisi Serxio Agueroga qiziqish bildirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish