Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 10:53 / 18.06.2015
2770
1 daqiqa o‘qiladi
Gretsiyada banklardan bir kunda 820 mln yevro yechib olindi
Gretsiya banklaridagi depozitlardan shu hafta chorshanba kuni 820 mln yevro yechib olindi, deb xabar beradi Capital.gr portali.
Dushanba kuni banklardan 300 mln, seshanba kuni esa 400 mln yevro chiqib ketgan edi.
Gretsiya bilan kreditorlar o‘rtasidagi muzokaralarning boshi berk ko‘chaga kirib qolishi omonatchilarni o‘z mablag‘larini banklardan olishga majbur qilmoqda. Shuningdek, jismoniy shaxslar kapital ustidan nazorat joriy qilinishi va mablag‘ yechishga cheklovlar qo‘yilishidan hadiksiramoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish