Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:27 / 18.06.2015
1146
1 daqiqa o‘qiladi
"Inter" Mirandani 12,5 mln yevro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oladi
"Inter" jamoasi "Atletiko" bilan braziliyalik himoyachi Mirandani transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bergan.
Xabarda yozilishicha, "nerazzurilar" ushbu futbolchi uchun 12,5 mln yevro sarflaydi. Shuningdek, "Atletiko" hisobiga keyinchalik bonuslar sifatida 2 mln yevro miqdorida pul o‘tkazilishi ham
mumkin.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Braziliya terma jamoasi bilan Chilidagi Amerika Kubogi o‘yinlarida ishtirok etayotgan Miranda yakunlangan mavsumda "Atletiko" uchun 23 o‘yin o‘tkazib, 3ta gol va bir golli uzatma amalga oshirgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish