Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:54 / 18.06.2015
2616
1 daqiqa o‘qiladi
Moskva metrosida panjarali eshiklar paydo bo‘ladi
Moskva metropoliteni rahbari Dmitriy Pegov poytaxt yerosti transportida yaqin orada panjarali eshiklar paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi.
“Hozirda eshiklar ishlab chiqarilmoqda. Ehtimol, bir oydan keyin ular paydo bo‘ladi”, deb aytdi Pegov.
Qayd etilishicha, eshiklar tajriba sifatida almashtiriladi. Ular vagonlar ichidagi issiq havoni tashqariga chiqarib, ichkariga sovuq havoni kiritadi.
Avvalroq Moskva metrosining markaziy va oxirgi stansiyalarida muzqaymoq sotuvchi avtomatlar paydo bo‘lishi ma'lum qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish