Sport | 14:38 / 18.06.2015
1290
1 daqiqa o‘qiladi

Mundo Deportivo: "Barselona" Pogbani 2016 yilning yozida sotib oladi

Fransiyalik yosh yarimhimoyachi Pol Pogba yana bir mavsum davomida "Yuventus"da qoladigan bo‘ldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bergan.

17 iyun kuni turinliklar jamoasining bosh direktori Beppe Marotta "Barselona" jamoasi sport direktori Aredo Braydoy bilan muzokara o‘tkazgan. Uchrashuvda tomonlar 22 yoshli xavbekning kelajakdagi faoliyatini muhokama qilishgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Pogba Yevro-2016 turniri arafasida jamoasini o‘zgartirmaydi. 2016 yilning yozidagi transferlar darichasi vaqtida esa u "Barselona" safiga borib qo‘shiladi.

Morattaning qo‘shimcha qilishicha, ushbu futbolchi bo‘yicha faqat "Barselona" va "Manchester Siti" jamoalaridan taklif bo‘lgan. Shuningdek, Zinedin Zidan futbolchining o‘zi bilan gaplashgan, lekin "Real" bu futbolchini sotib olish bo‘yicha rasman taklif jo‘natmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish