Jahon | 19:24 / 18.06.2015
3850
1 daqiqa o‘qiladi

Putin rubl kursini tartibga solishni davom ettirishga va'da berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida rubl kursining tartibga solinishi bozor munosabatlari doirasida davom ettirilishini ma'lum qildi.

“Markaziy bankda tartibga solishning ko‘plab yo‘llari, zaxira fondini to‘ldirish uchun vaznni oshirish, kamaytirish, valyuta sotib olishning turli usullari mavjud, darvoqe Markaziy bank buni qandaydir bosqichda faolroq, qaysinisida kamroq amalga oshirgan. Umuman, bizning ishlab chiqaruvchilarimizning real sektordagi manfaatlarini ta'minlash uchun bozor munosabatlari doirasida bu tartibga solishdan foydalaniladi”, – deb aytmoqda Putin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish