O‘zbekiston | 14:12 / 18.06.2015
1840
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda qariyb 500 km avtoyo‘llar quriladi va qayta tiklanadi

2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsion va yo‘l-transport infrastrukturasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatida o‘zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi jami 469 km yo‘l uchastkalarida ta'mirlash va qurilish ishlari olib boriladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar bermoqda.
2020 yilga qadar quriladigan va qayta tiklanadigan yo‘llar sirasiga Qarshi aylanma avtoyo‘li, “Qarshi-Shahrisabz”, “G‘uzor-Chim-Ko‘kdala” trassalari, shuningdek, “Olma-Ota-Bishkek-Toshkent-Termiz” magistralining M-39 hamda “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov” magistralining A-380 uchastkasi kiradi.
Joriy yil oxiriga qadar 11 obektdagi qurilish ishlariga jami 200 mlrd so‘m sarflanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish