Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:55 / 18.06.2015
1527
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston prezidenti Qatarga rasmiy tashrif uyushtiradi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2015 yilning oktabrida Qatar poytaxti Doha shahriga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Ayni kunlarda Qatar Tashqi ishlar vaziri Xolid ibn Muhammad al-Atiyya Qozog‘istonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi va u o‘z tashrifi davomida qozog‘istonlik hamkasbi Yerlan Idrisov bilan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning istiqbollari haqida gaplashgan.
Uchrashuvda Qozog‘iston prezidenti shu yilning oktabr oyida Qatarga amalga oshiradigan safari uchun tayyorgarliklar ko‘rish masalalari bo‘yicha ham kelishib olingan.
Shuningdek, uchrashuvda tomonlarning bir qator xalqaro tashkilotlar doirasida hamfikrlik bilan harakat qilayotgani ta'kidlandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish