Sport | 23:11 / 18.06.2015
3029
2 daqiqa o‘qiladi

Ruslan Chagayev o‘zining navbatdagi raqibi Franchesko Pianetada uni yutishga hech qanday imkoniyat yo‘qligini aytdi

Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida WBA versiyasi bo‘yicha jahon chempioni, o‘zbekistonlik 36 yoshli bokschi Ruslan Chagayev Pedro Dias bilan mashg‘ulotlardan keyin yana o‘zini yosh yigitlardek kuchga to‘lib toshayotgandek his qilmoqda. Mayamida 8 haftalik tayyorgarlikdan keyin g‘arbda “Oq Tayson” deb nom olgan Chagayev hozirda Gamburgda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Chagayev 11 iyulda Germaniyaning Magdeburg shahrida italiyalik Franchesko Pianetaga qarshi o‘tkazadigan jangga ajoyib sport formasida kelayotgani aytdi.

“Men o‘zimning eng yaxshi formamga erishdim. Men o‘zimni 10 yildan beri bunday yaxshi his qilmagandim. Jangni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Deyarli bir yillik tanaffusdan keyin men muxlislarga nimaga qodirligimni ko‘rsatishga oshiqyapman. Franchesko Pianetaga rahmim kelmoqda, chunki u faoliyatimdagi eng yaxshi davrda menga qarshi ringga tushadi. Unda meni yutishga hech qanday imkoniyat yo‘q. U hattoki zarba olganini ham tushunolmay qoladi”, deb aytmoqda Ruslan Chagayev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish