Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:08 / 18.06.2015
3815
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistoni qiroli Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin
Yaqin orada Saudiya Arabistoni qiroli Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Peterburgdagi iqtisodiy forumga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlardan biriga suyangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
Payshanba kuniga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri, ikkinchi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan ikki tomonlama uchrashuvi belgilangan. Uchrashuv chog‘ida qirolning tashrifi masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin.