Sport | 15:31 / 18.06.2015
2587
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya hukumati Blatterni AQShga ekstraditsiya qilmasligini bildirdi

Shveytsariya hukumati har qanday sharoitda ham FIFA prezidenti Yozef Blatterni AQSh yoki boshqa davlatlarga ekstraditsiya qilib yubormasligini bildirdi. Bu haqda mamlakat prokurori Mixael Lauber CNN telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida ma'lum qildi, deb yozmoqda TASS.

«Blatter Shveytsariya fuqarosi sanaladi. Shveytsariya ham xuddi AQSh singari o‘z fuqarolarini ekstraditsiya qilmaydi. U hozircha Shveytsariyada ekan u hech qayerga jo‘natib yuborilmaydi», deydi prokuror.

Oldinroq, Lauber Bernda tashkil etilgan matbuot anjumanida JCh-2010, 2018, 2022 yilgi jahon chempionati mezbonligi uchun berilgan ovozlarni sotib olish bo‘yicha olib borilayotgan tergovda Blatter so‘roq qilinishi mumkinligini ta'kidlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish