Sport | 10:17 / 19.06.2015
1287
1 daqiqa o‘qiladi

"Arsenal" Piter Chexni 10 mln funt evaziga sotib oladi

"Chelsi" jamoasi darvozaboni o‘z faoliyatini jamoaning prinsipial raqibi "Arsenal"da davom ettirishi oydinlashmoqda.

The Telegraph nashrida yozilishicha, 33 yoshli ushbu darvozabon borasida ikki jamoa o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli tarzda yakuniga yetgan va "kanonirlar" bu darvozabon uchun 10 mln funt sterling to‘lashga rozi bo‘lgan.

Nashrda ma'lum qilinishicha, bu transferga Roman Abramovich rozilik bergan.

Qayd etilishicha, "Arsenal" Chex bilan shartnoma bandlarini muhokama qilmoqda.

Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsumni "Arsenal"da asosiy darvozabon sifatida boshlagan Voysex Shchensniy bir qator omadsizliklardan keyin Arsen Vengerning ishonchini va asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan. Uning o‘rnini egallagan David Ospina esa keyingi mavsumni Turkiyaning "Fenerbahche" jamoasida davom ettirishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish