Jahon | 08:15 / 19.06.2015
3244
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusga Ukrainadan qurol-aslaha olib kirishga harakat qilinmoqda

Belarus bojxonalarida Ukraina hududidan mamlakatga qurol-aslaha olib kirishga harakatlar amal oshirilayotgani qayd qilinmoqda, deb xabar bermoqda BelTA agentligi.

“Afsuski, Ukrainada hozirda qurol-aslaha bemalol muomala yuribdi va bu bizning davlatga katta xavf soladi. Polsha va Litva yo‘nalishlarida qurol-aslaha olib kirish harakatlari deyarli qayd qilinmayotgan bo‘lsada, Ukraina yo‘nalishi uchun bu muammo avj olmoqda. Hozirda bunday holatlar ko‘p emas, biroq ular mavjud. Biz qurol-aslahaning qandaydir harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz juda muhimdir, bu holat bizning tinch davlatimizda umuman sodir bo‘lmasligi kerak”, deb aytdi Belarus davlat bojxona qo‘mitasi rahbari Yuriy Senko.

Senko mamlakatga giyohvand moddalar olib kirishga harakat qilinayotgani muammosiga ham e'tiborni qaratdi. “Hozirda qayd qilinayotgan bunday hajmdagi giyohvand moddalarni olib kirishga harakatlar davlatimiz aholisining giyohvand moddalarni iste'mol qilish va tarqatishga qanchalik katta miqyosda jalb qilinganidan darak berishi dahshatga soladi. O‘tgan yili Belarus bojxona qo‘mitasi tomonidan Rossiya bojxona qo‘mitasidan ko‘ra ko‘proq giyohvand moddalar olib kirish holatlari oshkor etildi”, deb ta'kidlamoqda bosh belarus bojxonachisi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish