Jamiyat | 23:46 / 19.06.2015
1525
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya adliya vaziri ishchi haftani 32 soatgacha qisqartirishni talab qilmoqda

Fransiya adliya vaziri Kristian Tobira ishchi haftani 32 soatgacha qisqartirishni talab qilmoqda, deb xabar bermoqda BFM TV.

“Men biz yakshanba kunlari yoki umuman dam olish kunlari ishlamaydigan dunyoni orzu qilaman. Men boshqa odamlar, kitoblar va teatrlar uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘lishimiz uchun bir haftada 32 soat ishlashimiz mumkin bo‘lgan dunyoni orzu qilaman”, deb aytdi Tobira.

Hozirda mamlakatda 35 soatlik ishchi hafta amal qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish