Sport | 10:00 / 19.06.2015
3922
2 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu o‘z atirlarini yaratadi

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining atirlarini yaratmoqchi. Bu haqda portugaliyalik superyulduz o‘zining tvitterdagi akkauntida ma'lum qildi.

“Men yozning oxiriga atir mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yaman. Yangiliklarni kuzatib boring”, deb yozdi Ronaldu.

Portugaliyalik parfyumeriya mahsulotlaridan tashqari, CR7 (Cristiano Ronaldo 7) brendi ostida erkaklar ichki kiyimlari, kiyim-kechak va poyafzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ronaldu taklif qiladigan erkaklar ishtonini 17 yevrodan 40 yevrogacha, ko‘ylaklarni 65 yevrodan 100 yevrogacha, CR7 poyabzalini esa 79 yevrodan 299 yevrogacha narxda sotib olish mumkin.

17 iyun kuni futbolchi sharafiga yangi galaktikaga uning nomi berilgandi.

2014 yilda Goal.com portali Ronalduni dunyodagi eng badavlat futbolchi deb e'tirof etdi. Tahlilchilar uning boyligini 210 mln yevroga baholashmoqda. Portugaliyalik super futbolchi bunday katta miqdordagi pulni “Real” bilan shartnomasi hamda Toyota, Nike, Herbalife, Emirates, Castrol, Samsung va boshqa brendlar bilan hamkorligi hisobiga to‘plagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish