Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvadagi plyajlardan birida saratonga chalingan ayollardan madad xatini topib olishdi
Litvadagi plyajlardan birida 12 nafar turli o‘simta kasalliklariga chalingan ayollarning xati topildi, deb xabar beradi Delfi.lt nashri.
Xat yashil rangdagi plastik idish ichiga solingan. U 2015 yil 31 may kuni yozilgan.
Maktubda aytilishicha, ayollar OnkoCruise jamoasini to‘plab, hech qachon taslim bo‘lmasliklarini ifodalash uchun dengiz sayohatiga chiqishgan.
12 tilda yozilgan maktub Shventoyya plyajiga uloqtirilgan. Uni Litva sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari ittifoqi rahbari Daynyus Kepyanis Rutning tanishi topib olib, unga keltirib bergan.