Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 08:45 / 19.06.2015
1466
1 daqiqa o‘qiladi
"Lokomotiv" Pavlyuchenko jamoadan ketganini rasman ma'lum qildi
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi Roman Pavlyuchenko "temiryo‘lchilar" safini tark etgani haqida rasman ma'lum qildi.
"Lokomotiv" Romanga birgalikda o‘tkazilgan yillar uchun minnatdorchilik bildiradi. U har safar o‘yinda o‘z ishini vijdonan bajarib keldi.
Rossiyaning eng yaxshi hujumchilaridan biri "Lokomotiv" tarixida o‘z nomini qoldirdi. U jamoa bilan Rossiya kubogini qo‘lga kiritdi. Biz unga kelgusi faoliyatida omadlar va oilaviy hayotida baxt tilaymiz!", deyiladi jamoaning rasmiy bayonotida.

Biroz oldinroq, Pavlyuchenko jamoa bilan shartnomasini uzaytirishni istamagani xabar qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish