Jamiyat | 14:21 / 19.06.2015
1509
1 daqiqa o‘qiladi

Tulada O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘rilik uchun sudlandi

17 iyun kuni Rossiyadagi Tula shahri Sovetskiy tuman sudi O‘zbekiston fuqarosi, 35 yoshli Halil Abdullayev ustidan hukm chiqardi.

Rossiya prokuraturasi axborot agentligining xabar berishicha, u joriy yilning 12 aprel kuni tulalik 59 yoshli fuqaroga hujum qilib, yonidagi Lenovo telefoni va 4 893 rubl pulini olib ketgan.
Ushbu qilmishi uchun Abdullayev 2 yil 6 oy umrini umumiy rejimdagi qamoqxonada o‘tkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish