Sport | 19:04 / 19.06.2015
1694
1 daqiqa o‘qiladi

Xaver Maskerano: “Tabiiyki, Messi o‘ynasa, o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ladi”

Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi yarimhimoyachisi Xaver Maskerano o‘zining jamoadoshi Lionel Messi 2015 yilgi Amerika kubogida jamoaning dastlabki ikki o‘yinining eng yaxshi o‘yinchisi deb haqqoniy tarzda tan olingani borasidagi fikrlarini aytib o‘tdi.

“Messi o‘ynaganda, tabiiyki, u o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisiga aylanadi. U ajoyib formada va g‘alaba qozonish oson bo‘lmagan bu musobaqada bor mahoratini ko‘rsatgan holda o‘ynash istagi bilan yonmoqda.

Musobaqa hakamlari o‘yinlarni ancha kechirimli boshqarishmoqda. Futbolchilar orasida ancha keskin va kontakt o‘yin bormoqda, shuning uchun Leo bu yerda o‘zini Yevropadagidek bemalol his qilishi mushkulroq bo‘lmoqda”, deb aytmoqda Maskerano.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish