Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyunda Yupiter va Venera tungi osmondagi eng yorqin obektlarga aylanadi
Samoda Quyosh va Oydan keyin eng yorqin obektlar – Yupiter va Venera iyunning ikkinchi yarmida kuzatishlar uchun ayniqsa juda qiziq bo‘ladi. 19 iyun kuni bu ikki sayyora bir-biriga yaqinlashishni boshlab, 20 iyun kuni osmonda Oy bilan uchburchak hosil qiladi. 30 iyun kuni bundan ham chiroyliroq manzarani kuzatish mumkin: Oy, Venera va Yupiter osmonda ikkilangan yulduzni hosil qiladi – barcha uch samo jismini oldinga cho‘zilgan qo‘l barmog‘i uchi bilan yopish mumkin bo‘ladi.
Bir qaraganda sayyoralar va Oy bir-biriga yaqinlashgandek tuyuladi, biroq aslida bunday bo‘la olmaydi, chunki Oy bizdan 400 ming km, Venera esa 90 mln km, Yupiter esa 890 mln km uzoqlikda joylashgan, deb ta'kidlamoqda Sky & Telescope nashri.
Ushbu o‘ziga xos “shou”ni osmonning g‘arbiy qismida quyosh botgandan keyin taxminan bir soatdan keyin kuzatish mumkin bo‘ladi.