Jahon | 13:10 / 20.06.2015
1961
1 daqiqa o‘qiladi

Korean Air Yaponiyaga uchadigan yana bir yo‘nalishni to‘xtatdi

Janubiy Koreyaning Korean Air aviakompaniyasi Yaponiyaga uchadigan navbatdagi yo‘nalishni bir oyga to‘xtatib qo‘ydi. Bunga yo‘lovchilar sonining keskin qisqarib ketishi sabab bo‘lgan, deb xabar beradi NHK telekompaniyasi.

1 iyuldan boshlab bir oy davomida Seuldan Yaponiyaning Isikava prefekturasidagi Komatsu aeroportiga uchadigan barcha reyslar bekor qilindi. Aviakompaniya Tokiodan 300 km shimoli-g‘arbda joylashgan ushbu hududga bir haftada uchta reysni amalga oshirar edi.
Ilgariroq aviakompaniya Yaponiyaning Akita shahriga uchadigan yo‘nalishni vaqtinchalik to‘xtatgan edi.a

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish