Sport | 12:43 / 20.06.2015
1303
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika Ekvadorga yutqizib, Amerika Kubogini tark etdi

Amerika Kubogi guruh bosqichining uchinchi turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda Ekvador terma jamoasi Meksika ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Miller Bolanos 26-daqiqada hisobni ochdi, 57-daqiqada esa uning yordamida jamoadoshi Enner Valensiya gol muallifiga aylandi. Meksika hujumchisi Raul Ximenes 64-daqiqada penaltini amalga oshirdi, lekin bu meksikaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Shu tariqa, Meksika Amerika Kubogidan chiqib ketdi. Ekvador guruhda uchinchi o‘rinni egalladi. Chili va Boliviya g‘oliblik masalasini o‘zaro uchrashuvda hal qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish