Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft’ning yangi brauzeri o‘zining shaxsiy parollar menejyeriga ega bo‘ladi
Windows 10 operatsion sistemasida Internet Explorer o‘rnida paydo bo‘ladigan Microsoft Edge brazeri o‘zining shaxsiy parollar menejyeriga ega bo‘ladi.
Menejyer operatsion tizimning build 10147 versiyasida paydo bo‘ldi. Uning yordamida har bir sayt uchun yangi parollar qo‘shish, shuningdek, eski qo‘shilgan parollarni o‘chirish mumkin bo‘ladi. Hozirda menejyer saqlangan parollarni qurilmalar orasida sinxronizatsiya qilish xususiyatiga ega bo‘lishi haqida ma'lumot berilmagan.
Windows 10 foydalanuvchilar uchun 2015 yilning 28 iyulida taqdim etiladi. Windows 7 i 8./8.1 foydalanuvchilari bepul yangi tizimga o‘tish imkoniga ega bo‘lishadi.