Sport | 11:38 / 20.06.2015
2182
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar Amerika Kubogining qolgan barcha uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Amerika Kubogining qolgan uchrashuvlarida qatnasha olmaydi. KONMeBOL (Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi) axloq-odob qo‘mitasi uni 4 o‘yinga diskvalifikatsiya qilish haqida qaror qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda Neymar dastlab sariq kartochka bilan jazolandi, ammo o‘yin yakunlangach, raqib hujumchisi Karlos Bakka bilan janjal tufayli to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish