Sport | 17:34 / 20.06.2015
7744
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Rashidov faoliyatini Qatarda davom ettiradi

"Bunyodkor" va O‘zbekiston milliy terma jamoasining yarim himoyachisi Sardor Rashidov keyingi faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

Qatar chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan "Al Jayish" Sardor Rashidovning yangi jamoasi bo‘ladi. Klub Sardor bilan uch yillik bitimga imzo chekkan.

Hozircha, bu o‘tish haqida hech qanday rasmiy gap so‘z yo‘q. Ammo transfer masalalari hal etib bo‘lingan.

"Al Jayish" OChL-2016ni pley off bosqichidan boshlaydi. Xuddi shunday Xavi va "Al Sadd" ham uchrashuvlarga saralash o‘yinlaridan qo‘shiladi. Qatar chempionligini qo‘lga kiritgan "Lahviya"gina to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida ishtirok etadi. 

Qatarda yangi mavsum avgust oyidan start oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish