Jahon | 10:37 / 20.06.2015
3610
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Rossiyadan qurol sotib olmoqchi

Saudiya Arabistoni Rossiyadan qurol-yarog‘ va mudofaa komplekslari sotib olishi mumkin, deb bayonot berdi mamlakat tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr.
“Ta'kidlab o‘tish mumkinki, Saudiya qirolligiga Rossiya qurol-yaroqlarini va mudofaa komplekslarini sotib olishga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Bu mavzu mamlakatlarimizning harbiy ekspertlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda”, – dedi u RT kanaliga bergan intervyusida.
Ikki davlat o‘rtasida harbiy shartnomaning imzolanishi, al-Jubayrning aytishicha, muzokaralar natijalariga bog‘liq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish